• Universitet Тarixi
  • Universitet Faoliyati
  • Rahbariyat
  • Universitet Kengashi
  • Kuzatuv Kengashi
  • Tashkiliy Tuzilma
  • Ma'muriy-Boshqaruv Tarkibi
  • Bosh Sekretariyat
  • Jamoatchilik Kengashi
  • Mission (Missiya)
  • Vision (Tasavvurdagi ko‘rinishi)
  • Motto
  • MChJ lar
  • Bizning Manzillar

Universitet Тarixi

    Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi o‘zining shonli va sharafli tarixi davrida jahonga namuna qilib ko‘rsata oladigan bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. Shu jumladan, iqtisodiyot, siyosat, fan, ta’lim, sport, sanoat, qishloq xo‘jaligi kabi bir qancha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Ayniqsa, hozirgi kunda qurilish sohasi Vatanimizning har bir hududida barqaror sur’atlar bilan jadal rivojlanib kelmoqda. Shaxsan O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan ulkan ishlab chiqarish korxonalari, ko‘rkam va zamonaviy turar-joy binolari, madaniy-maishiy ob’ektlar, haybatli ko‘priklar va yo‘llar qurilgan. Bu faoliyatni samarali amalga oshirish uchun me’morchilik va qurilish sohasida chuqur bilimga ega bo‘lgan me’mor, quruvchi hamda muhandislarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada yuqori bo‘lganligi sababli Toshkent arxitektura qurilish universiteti tashkil etishga ehtiyoj tug‘ilgan. Hozirgi vaqtda bu jarayonda jonbozlik ko‘rsatayotgan Toshkent arxitektura qurilish universiteti O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 6 maydagi farmoniga binoan Toshkent politexnika universitetining 'Arxitektura”, 'Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda 'Muhandis qurilishi” fakultetlari negizida tashkil etilgan. Shuni alohida ta’kidlash zarurki Toshkent arxitektura qurilish universiteti arxitektura va qurilish sohasida tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv rejalar, fan dasturlari ishlab chiqishga hamda respublika oliy ta’lim muassasalarida tadbiq etishda doimo tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.
    Bugungi kunda institutda 'Arxitektura”, 'Bino va inshootlar qurilishi”, 'Muhandislik qurilish infrastrukturasi” va 'Qurilishni boshqarish” fakultetlari mavjud bo‘lib, ularda 'Dizayn”, 'Arxitektura”, 'Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, 'Qiymat injiniringi”, 'Geodeziya, kartografiya va kadastr”, 'Bino va inshootlar qurilishi”, 'Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji”, 'Gidrotexnika qurilishi” kabi 22 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3958 nafarga yaqin bakalavrlar hamda 'Dizayn”, 'Geodeziya va kartografiya”, 'Bino va inshootlar arxitekturasi”, 'Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash”, 'Landshaftlar arxitekturasi”, 'Bino va inshootlar qurilishi”, 'Qurilishni tashkil etish texnologiyasi”, 'Qurilish iqtisodiyoti”, 'Gidrotexnika inshootlari”, 'Ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish” kabi 23 ta mutaxassislik bo‘yicha 349 nafarga yaqin magistrlar tayyorlanmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturini sharhlab berar ekan 'Bizga oddiy bitiruvchilar kerak emas, bizga zamon talablariga javob beradigan yangi zamonaviy texnologiyalarni egallagan, ilm-fanga chanqoq, mustaqil fikrlovchi kadrlar kerak” – degan edilar. Prezidentning bu ko‘rsatmalarini o‘ziga dasturilamal deb bilgan Toshkent arxitektura qurilish universitetining barcha professor-o‘qituvchilari butun kuch va bilimlarini malakali mutaxassis tayyorlashga qaratmoqda. Hozirda institutni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislar qurilish obektlarida, loyihalash institutlarida va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyotlarni o‘tash bilan birga samarali mehnat qilib kelmoqdalar.
Bugunga qadar institutda turli sohalar bo‘yicha 35 mingdan ortiq mutaxassislar tayyorlandi va ular mamlakatimizning arxitektura, qurilish va boshqa sohalarni kadrlar bilan ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Bu kadrlar yetarlicha bilim egalari, malakali mutaxassislar bo‘lishlari uchun ko‘p jihatdan o‘z sohasini mukammal bilgan, o‘z kasbini sevgan professor-o‘qituvchilarga bog‘liqdir. Institut rahbariyati professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshirishga jiddiy e’tibor bermoqda. Yosh kadrlardan ilmiy darajali va ilmiy unvonli, malakali pedagoglarni tayyorlash kafedra va dekanatlar diqqat markazida turibdi. Toshkent arxitektura qurilish universitetida 343 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, ulardan 23 nafari fan doktorlari va professorlar, 102 ga yaqini fan nomzodlari va dotsentlar talabalarga ta’lim-tarbiya bermoqdalar. Institut professor-o‘qituvchilarining 36% ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega.
    Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda 2019/2020 o‘quv yili bo‘yicha fanlar kesimida TAQIda 52 nomdagi darslik, 106 nomdagi o‘quv qo‘llanma va 372 ta o‘quv-uslubiy majmua zamonaviy talablar asosida tayyorlandi.
    Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan ishlarga Web of Science, Scopus, Google Scholar tizimlarida 650 dan ortiq iqtiboslik mavjud. Xirsh (h)-indeksiga ega profesor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlar soni 2019 yilda 3 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yida 16 nafarni tashkil etdi.Universitet respublika OTMlari Milliy reytingi bo‘yicha 2017 yilda 42 o‘rinni, 2018 yilda 20 o‘rinni, 2019 yilda esa 15 o‘rinni egalladi hamda 2020 yilda respublika OTMlari orasida professor-o‘qituvchilar tomonidan Web of Science, Scopus tizimlaridagi ilmiy jurnallarda maqola chop ettirish bo‘yicha 13 o‘ringa sazovor bo‘ldi.
    Universitet tashkil etilgandan beri, arxitektura va qurilish sohasi mutaxassislarini tayyorlashning dolzarb muammolari bo‘yicha 20 dan ortiq xalqaro konferensiyalar o‘tkazilgan.

Universitet Faoliyati

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarkibida. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti xuzurida 1 ta akademik litsey, 5 ta texnikum (Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi, Jizzax arxitektura-qurilish texnikumi, Namangan arxitektura-qurilish texnikumi, Marg‘ilon arxitektura-qurilish texnikumi va Sirdaryo arxitektura-qurilish texnikumi) va 2 ta malaka oshirish markazlari (Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi va Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi) mavjud. Hozirgi kunda qurilish sohasidagi talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, Toshkent arxitektura-qurilish universitetida (TAQU) 22 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 23 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

 

OTM nomi

Pedagog xodimlar soni

Shu jumladan

Talabalar soni

Fan doktori,

professorlar

Fan nomzodi(PhD), dotsentlar

Jami

Bakalavriat (kunduzgi)

Bakalavriat (sirtqi)

Qo‘shma ta’lim dasturlari

Magistratura

TAQU

323

18(5.6%)

96(29.7%)

7726

4419

2880

110

317

 

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2022/2023 o‘quv yili qabuli jarayonida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga jami 2081 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan. Ulardan 1199 nafari kunduzgi, 389 nafari sirtqi, 152 nafari masofaviy ta’lim shakllari, 175 nafari ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun hamda 176 nafari texnikum bitiruvchilari hisoblanadi. Shuningdek, magsitratura mutaxassisliklari uchun 81 nafar abituriyentlar talabalikka qabul qilingan.

Ish beruvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Universitetda 17 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 19 ta magistratura mutaxassisliklarida talabalar ta’lim olishlari yщlga щyiladi.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2023/2024 o‘quv yili uchun jami 3646 ta qabul kvota o‘rinlari ajratilgan bo‘lib, jumladan: bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 3300 ta va magistratura mutaxassisliklari uchun 346 ta o‘rin ajratilgan. Bakalavriat bosqichi uchun ajratilgan 3300 ta o‘rindan 940 tasi kunduzgi, 350 tasi sirtqi, 1050 tasi kechki, 490 ta ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning kunduzgi hamda 245 ta ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning sirtqi shakllari uchun qabul parametrlari ajratildi. Shuningdek, Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalari uchun 47 ta, 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 5 ta, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun 24 ta hamda Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 47 ta o‘rin ajratilgan.

Universitetda 2020-2021 o‘quv yilidan 6 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari (Rossiya Federatsiyasining Moskva arxitektura instituti, Moskva davlat qurilish unversiteti, Qozon davlat arxitektura-qurilish instiuti, Belarus milliy texnika universiteti, Germaniyaning Anhalt amaliy fanlar universiteti va Polsha Respublikasining Belostok texnika universiteti) bilan qo‘shma dasturlar asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar ta’lim olmoqda. 2022 yilda e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi milliy reytingda TAQU 24-o‘rinni (2021 yil-27 o‘rin,  2020 yil-15 o‘rin, 2019 yil -22 o‘rin, 2018 yil - 43 o‘rin) egalladi.

2022/2023 o‘quv yili bo‘yicha TAQUda asosiy shtatda 323 nafar pedagog xodimlar mavjud bo‘lib, shundan fan doktorlari va professorlar 18 nafar, fan nomzodlari va dotsentlar 96  nafarni tashkil etadi. Hozirgi kunda Universitetda jami 7726 nafar talaba o‘qimoqda; Sohaning rivojlanish istiqbollari va ularda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishlari (diplom loyihalari), magistrlik dissertatsiya mavzulari, malakaviy amaliyot dasturlari, kurs ish(loyiha)lari va mustaqil ta’lim topshiriqlari tubdan yangilandi. Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘quv ishlar sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, professor-o‘qituvchilar tomonidan 2019 yilda 34 ta darslik, 63 ta o‘quv qo‘llanma, 2020 yilda 25 ta darslik, 43 ta o‘quv qo‘llanma, 2021 yilda 50 ta darslik, 60 ta o‘quv qo‘llanma hamda 2022 yil natijalariga ko‘ra 39 ta darslik, 55 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlangan.

2021/2022 va 2022/2023 o‘quv yillarida 280 ga yaqin turli mulk shaklidagi loyiha va qurilish tashkilotlar ehtiyojiga muvofiq universitet talabalari malakaviy amaliyotlarga taqsimlandi hamda kelgusida ularning ishga joylashishi masalasida kelishuvga erishildi.

 

Rahbariyat

TAQU


Rektor

  
  
CV 


TAQU

Baxrom Tulaganov

Strategik Rivojlantirish Bo'yicha Birinchi Prorektor

  tulaganovb@taqu.edu.uz
  +998 55 508 03 10
CV 

TAQU

Erkin Xaltursunov

Akademik Faoliyat Prorektori v.b.

  xaltursunove@taqu.edu.uz
  +998 55 508 02 64
CV 

TAQU

Adilbek Zaitov

Ilmiy-Tadqiqot va Innovatsiyalar Prorektori v.b

  
  +998 55 508 03 12
CV 

TAQU

Zafar Matniyazov

Moliya-Iqtisod Ishlari Prorektori v.b.

  matniyazovz@taqu.edu.uz
  +998 55 508 03 11
CV 

TAQU

Azamat Metyakubov

Talabalar Masalalari va Ma'naviy-Ma'rifiy Ishlar Prorektori v.b.

  metyakubovaz@taqu.edu.uz
  +998 55 508 0285
CV 

TAQU

Dilmurod Mirjalolov

Bosh Sekretar v.b.

  
  +998 55 508 50 06
CV 

TAQU

Jamshid Inoyatxojaev

Rektor Maslahatchisi

  
  
CV 

TAQU


Universitet Kengashi

TAQU


Rektor

  
  
CV 


TAQU

Baxrom Tulaganov

Strategik Rivojlantirish Bo'yicha Birinchi Prorektor

  tulaganovb@taqu.edu.uz
  +998 55 508 03 10
CV 

TAQU

Erkin Xaltursunov

Akademik Faoliyat Prorektori v.b.

  xaltursunove@taqu.edu.uz
  +998 55 508 02 64
CV 

TAQU

Adilbek Zaitov

Ilmiy-Tadqiqot va Innovatsiyalar Prorektori v.b

  
  +998 55 508 03 12
CV 

TAQU

Zafar Matniyazov

Moliya-Iqtisod Ishlari Prorektori v.b.

  matniyazovz@taqu.edu.uz
  +998 55 508 03 11
CV 

TAQU

Azamat Metyakubov

Talabalar Masalalari va Ma'naviy-Ma'rifiy Ishlar Prorektori v.b.

  metyakubovaz@taqu.edu.uz
  +998 55 508 0285
CV 

TAQU

Dilmurod Mirjalolov

Bosh Sekretar v.b.

  
  +998 55 508 50 06
CV 

TAQU

Qodir Rahimov

O‘quv Ishlari Dekanati Dekani v.b.

  
  
CV 

TAQU

Shuxrat Reyimbayev

Ilmiy-Tadqiqot Ishlari Dekanati Dekani v.b.

  
  
CV 

TAQU

Nigora Qurbonova

Talabalar Masalalari Va Ma’naviy-Ma’rifiy Faoliyat Dekanati Dekani v.b.

  
  
CV 

TAQU

Lavozimi Bo'yicha

Oliy Ilm-Fan Maktabi Dekanati Dekani

  
  
CV 

TAQU

Arxitektura Fakulteti Dekani

  
  
CV 

TAQU

Muhandislik Fakulteti Dekani

  
  
CV 

TAQU

Texnologiya Fakulteti Dekani

  
  
CV 

TAQU

Menejment Fakulteti Dekani

  
  
CV 

TAQU

Mohira Mavlonova

Xorijiy Tillar Oliy Maktabi Mudiri

  
  
CV 

TAQU

Zarif Adilov

Arxitektura Fakulteti Senatori

  
  
CV 

TAQU

Sultan Axmedov

Muhandislik Fakulteti Senatori

  
  
CV 

TAQU

Alisher Toshxujayev

Texnologiya Fakulteti Senatori

  
  
CV 

TAQU

Dildora Mirdjalilova

Menejment Fakulteti Senatori

  
  
CV 

TAQU

Lavozimi Bo'yicha

Hayot Davomida Ta’lim Markazi Mudiri

  
  
CV 

TAQU

Lavozimi Bo'yicha

Ilmiy-Tadqiqot Markazlarining Vakili

  
  
CV 

Kuzatuv Kengashi



Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Kuzatuv kengashining Tarkibi


O.Q. Abduraxmanov

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Kuzatuv kengashi raisi

Lavozimi bo‘yicha

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri, Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari

E. Kahya

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori

Lavozimi bo‘yicha

Toshkent shahar hokimi

F.J. Po‘latov

Kadastr agentligi direktori

Lavozimi bo‘yicha

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi

B.X. Elmurodov

“O‘zshaharsozlikLITI” DUK bosh direktori

R.S. Sharipov

“ToshkentboshplanLITI” DUK bosh direktori o‘rinbosari

A.A. Sanginov

“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi

Lavozimi bo‘yicha

“Discover invest” MChJ ta’sischisi

K.A. Mixaylov

“Yangi zamon bino” MChJ direktori

Lavozimi bo‘yicha

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi

Mehmet Karaja

(kelishuv asosida)

Istanbul texnika universiteti qoshidagi Yevroosiyo yer fanlari ilmiy-tadqiqot instituti professori (Turkiya)

Sh.A. Ayupov

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

B.A. Askarov

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professori

B. Tulaganov

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori, Kuzatuv kengashi kotibi


Izoh: Universitetning Kuzatuv kengashi tarkibi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan
yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Kuzatuv kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan, zarur hollarda, uning tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.



Ma'muriy-Boshqaruv Tarkibi

TAQU

Shuxrat Reyimbayev

Ilmiy-Tadqiqot Ishlari Dekanati Dekani v.b.

  
  
CV 

TAQU

Nigora Qurbonova

Talabalar Masalalari Va Ma’naviy-Ma’rifiy Faoliyat Dekanati Dekani v.b.

  
  
CV 

TAQU

Lavozimi Bo'yicha

Oliy Ilm-Fan Maktabi Dekanati Dekani

  
  
CV 

TAQU

Umid Karimov

Strategik Rivojlatirish Boʼlimi Boshlig'i v.b.

  
  
CV 

TAQU

Karim Maxanov

Raqamlashtirish va Korporativ Maʼlumotlar Boʼlimi Boshlg'i v.b.

  
  
CV 

TAQU

Madina Inogamova

Moliya Boʼlimi Boshlig'i v.b.

  inogamovam@taqu.edu.uz
  
CV 

TAQU

Xusan Xasanov

Bosh Buxgalter v.b.

  
  +998 55 508 02 91
CV 

TAQU

Аnzirat Nigmadjanova

Xalqaro Reyting va Akkreditatsiya Boʼlimi Boshlig'i v.b.

  
  +998 55 508 02 89
CV 

TAQU

Zafar Аbduvaliev

Taʼlim Sifatini Nazorat Qilish Boʼlimi Boshlig'i

  abduvaliyevz@taqu.edu.uz
  +998 55 508 02 79
CV 

TAQU

Lavozimi Bo’yicha

Xalqaro Aloqalar Boʼlimi Boshlig'i

  
  
CV 

TAQU

Mukambar Xaydarova

Korporativ Aloqalar Boʼlimi Boshlig'i v.b.

  
  
CV 

TAQU

Munisaxon Niyazova

Matbuot Kotibi

  
  
CV 

TAQU

Muhiddin Isakdjanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo'limi

  
  +998 55 508 0314
CV 

TAQU

Xurshid Nazarov

Ichki Audit va Moliyaviy Nazorat Xizmati - Bosh Auditor v.b.

  
  
CV 

TAQU

Lavozimi Bo'yicha

Qurilish va Texnik Nazorat Direksiyasi

  
  
CV 

TAQU

Lavozimi Bo'yicha

Kampus Koordinatorligi Bo'limi Boshlig'i

  
  
CV 

TAQU

Odiljon Berdiyorov

Xoʼjalik Ishlari Sektori Boshlig'i v.b.

  
  
CV 

TAQU

Аbdurasul Nurmuxamedov

Dispetcher-Garaj Mudiri v.b.

  
  
CV 

Bosh Sekretariyat

TAQU

Dilmurod Mirjalolov

Bosh Sekretar v.b.

  
  +998 55 508 50 06
CV 

TAQU

Bosh Sekretar Yordamchisi v.b.

  
  
CV 

TAQU

Lavozimi Bo'yicha

Kutubxona Mudiri

  
  
CV 

TAQU

Natalya Blatsi

Inson Resurslari Bo‘limi Boshlig'i v.b.

  
  
CV 

TAQU

Voxid Berdiyorov

Fuqaro va Mehnat Muhofazasi Bo’limi Boshlig'i v.b.

  vvberdiyorov@mail.ru
  +998 55 508 01 74
CV 

TAQU

Zafar Tagaev

Huquqiy Ishlar Bo‘limi - Katta Yuristkonsult v.b.

  tagayevz@taqu.edu.uz
  
CV 

TAQU

Lavozimi Bo'yicha

Kotibiyat

  
  
CV 

TAQU

Gulbaxor Kalilaeva

Devonxona va Murojaatlar Bilan Ishlash Bo’limi Boshlig'i v.b.

  
  +998 55 508 02 95
CV 

TAQU

Lavozimi Bo'yicha

Tibbiyot Bo‘limi

  
  
CV 

Jamoatchilik Kengashi

TAQU

Sulton Axmedov

Jamoatchilik kengashi raisi

  
  
CV 

TAQU

Baxtiyor Asqarov

Professor

  
  
CV 

TAQU

Rixsivoy Yusupov

Institut faxriysi

  
  
CV 

TAQU

Shuxrat Reyimbayev

Ilmiy-Tadqiqot Ishlari Dekanati Dekani v.b.

  
  
CV 

TAQU

Zafar Abduvaliyev

Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi

  
  
CV 

TAQU

Ilxom Sharipov

Turon Project group MCHJ direktori

  
  
CV 

TAQU

Jaxongir Kumakov

Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi

  
  
CV 

TAQU

Iroda Sobirova

Universitet talabasi

  
  
CV 

TAQU

Daler Abdusalimov

Universitet futbol jamoasi sardori

  
  
CV 

TAQU

Shukurilla Kamilov

'Knauf GIPS BUXORO' MCHJ shaklidagi xorijiy korxona

  
  
CV 

TAQU

Ulug'bek Axmedov

Yunusobod tumani 'Otchopar-2' MFY raisi

  
  
CV 

Mission (Missiya)


TAQU mustaqil universitet sifatida aql, donolik va mehnatga asoslangan innovatsion tadqiqot va ta'lim faoliyati bilan ijtimoiy farovonlikka qo'shgan hissasi uchun oliy ta'limdagi o'zgarishlarning kashshofidir.

Vision (Tasavvurdagi ko‘rinishi)


TAQU oʻyinni oʻzgartiruvchi (game-changer) boʻlish potentsialiga ega boʻlgan tadbirkor bitiruvchilari va butun borliq uchun qiymat yaratadigan sanʼat, dizayn va muhandislik sohalariga qoʻshgan hissalari bilan xalqaro miqyosda hurmatga sazovor universitet boʻlishni maqsad qilgan.

Motto


Motto

MChJ lar


1. “Tadqiqot va rivojlanish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

2. “Hayot davomida ta’lim markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

3. “Madaniy merosni tadqiq qilish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

4. “Zilzilabardoshlik ilmiy-tadqiqot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

5. “Aqlli va barqaror shaharlar markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

6. “TAQU-Texnopark” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

7. “Energetika va yer fanlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

8. “UNICONSTRUCTION TEST” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

9. “Uy-joy ilmiy-tadqiqot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

10. “Iqlim o‘zgarishi ilmiy-tadqiqot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

11. “TAQU Organization Servise” mas’uliyati cheklangan jamiyat GUVOHNOMA

12. “Qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

13. “Shaharsozlik tadqiqotlari ilmiy markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bizning Manzillar


Yunusobod Kampusi (Asosiy Kampus)

Arxitektura Fakulteti

Chilonzor TTJ

Yunusobod Filiali
Toshkent, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi,
9-uy, 
Eng yaqin metro bekati: Yunusobod
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 - 18.00

Alisher Navoiy Filiali
Toshkent, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi,
7-uy, Eng yaqin metro bekati: Paxtakor
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 - 18.00

Chilonzor Filiali
Toshkent, Chilonzor tumani, Al-Xorezmiy 
ko‘chasi, 16-uy,
Eng yagin metro bekati: Olmazor 
Ish vaqti: Du-Sha: 9.00 - 18.00