Iqlim o’zgarishi suv resurslariga qanday ta’sir qiladi?

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 236

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Iqlim o’zgarishi va suv resurslari gidrologiyasi” mavzusida Xalqaro ilmiy-texnik anjuman o'tkazildi. Anjuman Gidrotexnika inshootlari qurilish sohasida yangi materiallar, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda qurilishda loyihalash, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ta'lim yo'nalishlari bilan bog'liq qurilish sohasidagi yangi avlod qurilish materiallari, loyihalash va texnologiyalarni rivojlantirishni maqsad qilgan.

Shuningdek, sohada bajarilayotgan yangi innovatsion loyihalar bo'yicha fikr almashish hamda yosh olimlar, magistrant, doktorant va mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarini sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatli. Xalqaro ilmiy-texnik anjumanda muhokama etilgan muammolar  bo'yicha ilmiy asoslangan xulosalar va ularning yechimlari bo'yicha takliflar tayyorlandi.