Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda soha mutaxassislariga "Korrupsiya harakatlarning huquqiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 97

Yig‘ilishda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat»tizimini  boshqarish bo‘limi  boshlig‘i M.Isakdjanov so‘zga chiqib korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish va bu illatga hukumat institutlari bilan birgalikdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini taʼkidladi.

Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish chog‘ida halollik, adolatlilik, xolislik va mavjud odob-axloq namunaviy qoidalariga muvofiq xizmat ko‘rsatishlari, bu o‘z navbatida fuqarolar ko‘z o‘ngida davlatning obro‘ eʼtibori oshishida muhim vosita ekanligiga to‘xtalib o‘tildi.

Sodir etilgan korrupsiya huquqbuzarlik uchun jinoiy, maʼmuriy, intizomiy va moddiy javobgarlik turlari mavjud ekanligi haqida ham tushunchalar berildi.