“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 82

    Ma’lumki, har bir millat va xalqning asrlar davomida shakllangan orzu niyat intilashlari orasida erkin va farovon hayotga erishishi alohida o‘rin egallaydi. Buning uchun esa xalqning bir tan bir jon bo‘lib butun kuchi, aqli shijoatini birgalikda ulug‘ maqsad sari harakatlantirishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu jarayonda quyidagi asosiy g‘oyalarga e’tibor berilishi talab qilinadi:

Birinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

Ikkinchidan aholimiz talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy tizimini tashkil qilish;

Uchinchidan, mamlakatimiz aholisi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

To‘rtinchidan, xalqimiz xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

Ayni paytda yuqoridagi maqsad va vazifalari hal qilish uchun “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlari ma’sul husoblanadi.

Respublika hukumatining maxsus komissiyasi maqsad va ko‘rsatkichlarini o‘rganib boradi, har 6 oyda umumlashtiradi, aholining maxsus fikr, taklif va xulosalarini tizimga soladi hamda amalga oshiradi.

    Prezidentimizning farmoni bilan kelgusi ulkan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda dasturilamal bo‘lishi belgilangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi tasdiqlandi va uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishini keng jamoatchilik juda katta xushnudlik bilan qarshi oldi. Boisi, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasi muhokamasida xalqimiz tomonidan bildirilgan har bir fikr, taklif qunt bilan o‘rganildi.

    Davlatimiz rahbari bu haqda so‘z yuritar ekan, “Xalq manfaatini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan harakatlarni davom ettirish maqsadida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini ishlab chiqdik. Uning loyihasini muhokamaga qo‘yganimizda 1 milliondan ko‘p takliflar kelib tushdi. Bu nimadan dalolat? Xalqimiz befarq emas. Yo‘nalishlarimizni, kamchiliklarimizni ko‘rsatib beryapti. Bu biz uchun «yo‘l xaritasi». Davlatga eng katta hakam – xalq,” - deb ta’kidlab o‘tgani ham “O‘zbekiston–2030” strategiyasi, tom ma’noda xalq strategiyasi ekanining yaqqol isbotidir. Darhaqiqat, mazkur hujjatda Vatanimiz mustaqilligini va tinchligini asrash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, xalqimiz hayotini obod va farovon qilish, farzandlarimizni barkamol etib tarbiyalash vazifalari belgilangan.

“O‘zbekiston–2030” strategiyasidan o‘rin olgan 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsad asosida, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish borasidagi sa’y harakatlar sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqiladi.

Har qanday ezgu g‘oyalar yurtparvar, elparvar insonlarning fidoyiligi, shijoati va albatta, mehnati bilangina amaliy samara beradi. Shu sabab, farmonda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilandi hamda bu bo‘yicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy mas’uliyat yuklandi. Belgilangan bu maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash, jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuch hisoblangan – Tadbirkorlar va ishbalrmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining har bir faoliga, har bir xalq noibiga alohida mas’uliyat yuklaydi.

    Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Sodda qilib aytganda, bizning maqsadimiz bitta: u ham bo‘lsa, Yangi O‘zbekistonda xalqimiz yayrab ishlaydigan, hayotdan rozi bo‘lib, yayrab yashaydigan davlat qurishdan iborat”.

“O‘zbekiston -2030” strategiyasiga binoan Vatanimiz fuqoralarining har biri o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlarni yaratish zarurdir. Buning uchun inson salohiyatini oshirish yoshlikdan maktabgacha ta’limdan boshlash amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim yoshidagilar 100 foiz ta’lim muassasalariga qamrab olinadi. Davlat bog‘chalarida kompyuter sinflari tashkil qilinadi. Umimiy o‘rta ta’lim bo‘yicha mamlakatimizning chekka va olis qishloqlarida 715 ta maktab o‘quvchilari uchun bepul avtobuslar tashkil qilinadi. Toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiena infratuzilmasi bilan ta’minlanadi. Har yili 500 nafar xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi. Ta’lim sohasi pedagoglarining ish haqi 2 barobarga oshiriladi. Malaka oshirish tizimlari takomillashtiriladi. Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 1000 taga yetkaziladi. 700 ta professional ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi. Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish 50 foizga yetkaziladi. Maktablar to‘liq oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlanadi. 30 ta oliy ta’lim muassalari ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Top–500 ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim” joriy etiladi. 10 ta oliy ta’lim muassasalari dunyoning eng nufuzli “Top-1000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritish mo‘ljallanmoqda. Ilmiy salohiyat esa 70 foizga oshiriladi. 120 ming o‘ringa ega o‘quv binolari, 150 ming o‘rinli talabalar turar joylari qo‘shimcha quriladi. 1 millionta zamonaviy adabiyotlarga ega kutubxonalar tashkil etiladi. Fundamental tadqiqotlar uchun 3 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Oliy ta’limda 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarni ulushi 60 foizga oshiriladi. Ilmiy xodimlarning ish haqi 2 barobarga oshiriladi. Stajor-tadqiqotchi, tayanch doktorantura, maqsadli doktorantura kvotalari soni 5200 taga yetkaziladi. Har bir million aholiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar soni 2 ming nafarga yetkaziladi. Bemorlarni davolash tubdan o‘zgartiladi.

Xullas, Yangi O‘zbekistonni barpo qilish jarayonida mamlakatimiz aholisining hayotida tub o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Ta’lim tizimi esa jahon andozalari talablariga moslashtiriladi. Bular xalqimiz hayotini farovon qilishga xizmat qiladi.

 

Xalmamatova Lola Amankulovna

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti,

“O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti.