Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi "Women in STEM'' stipendiya dasturiga 2024-yilgi hujjatlar qabuli boshlanganligini ma'lum qildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 65

Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi "Women in STEM'' stipendiya dasturiga 2024-yilgi hujjatlar qabuli boshlanganligini ma'lum qildi. Mazkur stipendiya dasturi Buyuk Britaniya OTMlarida ayollarni "STEM'' (fan, tenologiya, muhandislik, matematika) fanlariga grant asosida o'qitish orqali ushbu sohada ularning imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Ushbu stipendiyaga talabgorlar Britaniya Kengashi tomonidan tog'ridan-to'g'ri ochiq tanlov asosida saralanadi.

Joriy yilda O'zbekistonlik talabgorlar Britaniyaning to'rtta OTMlaridan birida (University of Portsmouth, University of Cranfield, University of Saint Andrews, University of Stirling) magistraturada O'qish uchun hujjat topshirishlari mumkin. O'qish joriy yilning oktabr oyidan boshlanadi. Hujjatlar 2024-yilning 30-aprel sanasiga qadar qabul gilinadi.

Ma'lumot uchun: O'tgan o'quv yilida O'zbekistonlik talabgorlar uchun 3 ta ta'lim granti ajratilgan bo'lib, tanlov yakunida saralab olingan 2 nafar xotin-qizlar Portsmut universitetiga magistratura bosqichiga grant asosida o'qishga qabul qilindi.

Ushbu stipendiya dasturi va unga hujjat topshirish to'g'risida quyidagi veb-sahifadan batafsil ma'lumot olish mumkin:

https://www.britishcouncil.uz/en/study-uk/scholarship-women-stem