Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Ma'rifat ulashib" loyihasi amalga oshirilmoqda

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 19

Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Ma'rifat ulashib" loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan 13-maktabida universitet Talabalar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy faoliyati dekanati hodimi X.Raxmatullayeva, O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibi Oʻktam Mirzayorov hamda o'quvchilar ishtirok etdi. Uchrashuvda ijodkor tomonidan o'quvchilarga ma'naviy-ma'rifiy mavzularda aniq tavsiya va maslahatlar berildi. Uchrashuvning badiiy qismida talabalar sevimli ijodkorning she'rlaridan namunalar o'qildi.