Toshkent arxitektura- qurilish universiteti "Arxitektura'' fakulteti tyutorlari tomonidan O'zbekiston xalq shoiri, ona Vatan va istiqlol kuychisi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy kecha uyushtirildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 19

Toshkent arxitektura- qurilish universiteti "Arxitektura'' fakulteti tyutorlari tomonidan O'zbekiston xalq shoiri, ona Vatan va istiqlol kuychisi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi  bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy kecha  uyushtirildi. Kechada А 2-23Ao' guruh talabasi Yuldashaliyeva Sitora , А 1-21Ao' guruh talabasi Eshonboeva Charoslar Muhammad Yusufning xayoti va ijodi haqida so'zlab berdilar. Muhammad Yusuf ijodiga xos xususiyat - bu uning she'riyatida oltinday yarqirab turuvchi soddalik, xaqqoniylik. Uning har satri, har bayti, bir qarashda oddiy, ammo teran, obrazli mushohadalar bilan ziynat topgan. Shoir butun borlig'ini, iste'dodini Vatan madhini tarannum etishga bag'ishlagandi. Uning tugʼilgan kuni barchamizning Vatanga muhabbatimiz izhor qilinadigan kunimizga ham aylangan. Vatanga bunday samimiy dil izhorlarimiz shoir she'rlari orqali doimo abadiydir.