Bundan o'ttiz uch yil oldin O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq 1991-yil 6-may kuni Toshkent memorchilik-qurilish instituti tashkil etilgan

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 57

Bundan o'ttiz uch yil oldin O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq  1991-yil 6-may kuni Toshkent memorchilik-qurilish instituti tashkil etilgan. Bugun universitetimiz tashkil topganiga 33 yil to'lmoqda. Shu o'tgan davr mobaynida universitet jamoasi bir qator samarali ishlarni amalga oshirdi: instetutimizga universitet maqomi berildi, yangi yo'nalishlar qo'shildi, malakali kadrlar tayyorlandi. Bugungi kunda universitetda 4 ta fakultet,14 ta kafedra, 381 ta professor-o'qituvchi va 8772 ta talabalar bor. Xalqaro hamkorlarimiz ham kundan kunga ortib bormoqda. Bundan tashqari, zamon talablariga javob beradigan va barcha qulayliklar yaratilgan laboratoriyamiz ham  keng foydalanishga topshirilgan. Bugun Toshkent arxitektura-qurulish universiteti tashkil etilganiga 33 yil bo'lgani munosabati bilan universitet jamoasi, talabalar hamda universitetga o'z hissasini qo'shgan professor-o'qituvchilarmizni chin yurakdan muborakbod etaman.

Hurmatli bilan rektor

B.A.Tulaganov